“Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik yig‘ini tashkil etildi. Joriy yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi davrda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan. Ayni shu maqsadlarda Bog‘ot tumanida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada kuchaytirish, ularni mamlakatimiz Qurolli kuchlaridagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida harbiy o‘quv-yig‘ini hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari, kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va Qurolli Kuchlar akademiyasi vakillari ishtirok etdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati