Bugun tuman hokimligida “Muqobil energiya - tejamkorlik omili” Energiya manbalaridan foydalanishda tuman tajribasi va samaradorligi haqida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda zamonaviy energiyatejamkor texnologiyalardan foydalanib kelayotgan fermer xo'jalik rahbarlari, tadbirkorlar va ishbilarmonlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Muloqotda so'zga chiqqanlar bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni zamonning oʻzi taqozo qilayotganligi, bu borada aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida oʻrnatilayotgan quyosh panellari hamda zamonaviy energotejamkor gaz jihozlarining oʻrni katta ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, bugungi kunda tuman miqyosida qayta tiklanuvchi, energiya tejovchi uskunalarni aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlariga tadbiq qilish holati hamda ularni о‘rnatgan iste’molchilarga beriladigan imtiyozlar bо‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ma'lumot uchun, bugungi kunda Bog'ot tumanida muntazam ravishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatilishining qulayliklari va afzalliklari yuzasidan aholi o'rtasida kо‘rgazmali о‘quv-seminarlari o'tkazib kelinmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati