DataLife Engine / Bog'ot tumanida regbi bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi

Bog'ot tumanida regbi bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi


Bog‘otlik sportchilardan tashkil topgan Xorazm terma jamoasi regbi bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Bog‘ot tumanida U-18 yoshlar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida regbi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bogʻot tuman olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatining sportchi-o‘quvchilaridan iborat Xorazm terma jamoasi yigit-qizlari barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Oʻzbekiston chempioni boʻlishdi. Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda O‘zbekiston regbi federatsiyasi rasmiylari tomonidan medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

23-11-2024, 19:47
Вернуться назад