Tuman hokimi Jahongir Nazarov Yuksalish mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning ishga joylashish, subsidiya, imtiyozli kredit kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi. Tuman hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, tuman rahbari shu yerda xorijda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ham videokonferensiya aloqa shaklida muloqot qildi. Yoshlarning murojaatlari atroflicha tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati