Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Bog'ot tumanining suv taʼminoti ogʻir boʻlgan Nayman va O'zgarish mahallalarida aholi tomorqalarini suv bilan taʼminlash maqsadida joriy yilda ushbu mahallalarda katta hajmli artezian quduqlar qazib ishga tushirildi. Buning natijasida ushbu mahalladagi xonadonlarning tomorqa yerlarida suv taʼminoti yaxshilanishiga erishildi.