DataLife Engine / Bog‘ot tumanida amalga oshirilayotgan subloyihalar muhokama qilindi

Bog‘ot tumanida amalga oshirilayotgan subloyihalar muhokama qilindi


Islom Taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro Taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Bog'ot tuman hokimiyatining majlislar zalida loyihaga koʻmaklashuvchi tuman ishchi gurihi uchun “Mahalla Rivojlanish rejasining tuman yillik rejalariga integratsiyasi” mavzusida seminar o'tkazildi. Unda, Mahallani rivojlantirish rejasini (MRR) ishlab chiqish bosqichlari, Mahallalarni rivojlantirish borasidagi ishlarni davom yettirish uchun ITBdan tashqari boshqa moliyalashtirish manbalari ham jalb yetilishi va shu kabi masalalar o'rganildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

27-11-2024, 19:39
Вернуться назад