Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ularning muammolarini bevosita mahallalarda hal etish maqsadida tuman hokimi Jahongir Nazarov tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Tuman hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etgan Navbahor mahallasidagi uchrashuvda hududda istiqomat qilayotgan yoshlarning kredit, kadastr, subsidiya, bandlik kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarning har biri tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tarzda ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar berildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati