Gulzor mahallasi aholisi uchun “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida bir qator kompleks tadbirlar, jumladan, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, tikuvchi hunarmandlar koʻrgazmasi, sayyor tibbiy koʻrik, sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish masalasini hal qilishdan iborat.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati