Bugun Beruniy mahallasidagi “Bulteks pro” MCHJ korxonasiga hamda uy sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan fuqarolarning xonadonlariga "Mahallaning oʻsish nuqtalari va drayver yoʻnalishlari boʻyicha investitsiya loyihalarini shakllantirish" mavzsida media-tur tashkil etildi. Unda tuman hokimining o'rinbosari-oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Gulshoda Alimova, jamoatchilik vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.