DataLife Engine / Tikuv mashinalari topshirildi

Tikuv mashinalari topshirildi


Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov sektor rahbarlari bilan birgalikda ijtimoiy daftarlarda turuvchi 80 nafar xotin-qizlarga bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali daromadini oshirish maqsadida ularning murojaatlari bo‘yicha subsidiya asosida tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman rahbari xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning bandligini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash-birlamchi ahamiyatga ega dolzarb vazifa ekanligini taʼkidlab, oʻz ustida ishlashni, oʻz-oʻzini band qilishni xohlovchi har bir fuqaro uchun, albatta, yordam berilishini, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilish xususida to‘xtaldi. Shuningdek, tuman hokimi tikuv mashinalarini topshirarkan aholi farovonligi va turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanligini taʼkidladi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
4-12-2024, 15:12
Вернуться назад