Mamlakatimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan bugun Bog‘ot tumanida qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirokida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida tuman hokimi Jahongir Nazarov so‘zga chiqib, soha xodimlarini kasb bayrami – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi. Tuman rahbari mirishkor va mehnatkash dehqonlarimiz xizmati bilan bu yil ham sohada kutilgandan ko‘ra yuqori natijalarga erishilganini alohida ta’kidladi. Bayram tantanalarida qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Bir guruh yurtdoshlarimizga “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari hamda tuman hokimining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Bayram tantanasi san’at ustalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati