DataLife Engine / 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun


Bog‘ot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi. Tadbirlar doirasida fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlash maqsadida “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etilib, davra suhbatlari o‘tkazildi. “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bu yilgi bayram tadbirlari bosh qomusimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni yana-da jipslashtirgani qayd etildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

8-12-2024, 15:26
Вернуться назад