Bugun tuman maktabgacha va maktab ta'limi binosida "Bog'ot tumanida maktabgacha va maktab ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda mavzuga aloqador tumandagi tegishli tashkilot vakillari, bloggerlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Muloqot davomida bugungi kunda Bog'ot tumanida maktabgacha va maktab ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ishlar borasida so'z bordi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati