Bugun Ortiq Otajonov mahallasida tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolarning moddiy yordam, elektr, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun yer maydoni ajratish kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish choralari belgilandi. Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarga murojaatlari boʻyicha huquqiy tushuntirishlar ham berildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati