DataLife Engine / Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi

Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi



Viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimurotova, tuman hokimi Jahongir Nazarov, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda boshqa hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Davlatimiz rahbarining mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan farmonining tumandagi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Muhokama davomida bu borada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, batafsil tahlil qilindi. Tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yana-da faollashtirish, “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida hududlarni ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha galdagi rejalar belgilab olindi.

Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati
15-03-2025, 15:30
Вернуться назад