DataLife Engine / Yangi savdo markazi ish boshladi

Yangi savdo markazi ish boshladi


Navro‘z bayrami arafasida bugun Bog‘ot tumani Oq tepa mahallasida yangi savdo markazi ish boshladi. Savdo markazining foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi Jahongir Nazarov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Markazda xaridorlarga zamonaviy andozalar asosida xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va barcha turdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari savdosi tashkil etildi. Markaz faoliyat boshlashi bilan 20 nafarga yaqin yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Navro’z bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan mazkur majmua Bog’ot tumaniga o’zgacha ko’rk bag’ishladi.

Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati
20-03-2025, 09:51
Вернуться назад