DataLife Engine / KIM VATANGA SODIQ BO‘LSA MENDIRMAN O‘SHA

KIM VATANGA SODIQ BO‘LSA MENDIRMAN O‘SHA

KIM VATANGA SODIQ BO‘LSA MENDIRMAN O‘SHA Harbiy prokuratura tashabbusi hamda Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Bog‘ot tumani hokimligi hamkorligida o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkilashtirish, sportga qiziqtirish ularni chiniqtirib borish maqsadida bugun Bog‘ot tumanidagi 46- son umumta'lim maktabiga tashrif buyurildi hamda ko‘rgazmali chiqishlar va sport o‘yinlari tashkillashtirildi. Maktablarga birikitilgan Milliy gvardiya hariy xizmatchilari doimiy ravishda sport seksiyalarini nazorat qilib, o‘smirlarni bo‘sh qolib ketmasliklari, turli yomon yo‘llarga kirib ketmasliklari uchun o‘zlarini hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Bugungi tashkillashtirilgan sport tadbiridan asosiy ham maqsad shuki tengdoshlarini ko‘rib ulardan kam bo‘lmaslik uchun harakat qilayotgan o‘smirlar safini kengaytirishdir.
6-01-2021, 11:26
Вернуться назад