DataLife Engine / Sayyor qabul

Sayyor qabul


Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli Dehqonobod mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tumanimizning turli hududlaridan kelgan 20 nafardan ziyod fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar. Murojaatlar asosan uy-joy, moddiy yordam, bandlik, yo‘l ta’miri, soliq to‘lovlarini to‘lash, tomorqa yer maydonlarini sug‘orish masalalari bo‘yicha bo‘ldi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.

Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati
10-04-2025, 18:21
Вернуться назад