DataLife Engine / Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudi raisi B.Yakubovning tuman sudining 2025-yilning birinchi choragi davomidagi faoliyati yuzasidan hisoboti

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudi raisi B.Yakubovning tuman sudining 2025-yilning birinchi choragi davomidagi faoliyati yuzasidan hisoboti

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudining 2025 yilning birinchi choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida bajargan ishlari va sud-huquq sohasida o‘tkazilayotgan islohotlardan kelib chiquvchi vazifalari tahlil qilindi. Jumladan, tuman sudi tomonidan hisobot davri mobaynida soha faoliyatida birmuncha ishlar amalga oshirildi. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudi ish yurituviga 2025 yilning birinchi choragida 58 nafar shaxsga nisbatan 40 ta jinoyat ishlari kelib tushgan bo‘lib, 2024 yildan 2025 yilga 8 nafar shaxsga nisbatan 7 ta jinoyat ishlari qoldiq bo‘lib o‘tgan. Ushbu jinoyat ishlaridan 36 nafar shaxsga nisbatan 31 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 11 ta jinoyat ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rilib, jamoatchilik e’tiboriga yetkazilgan hamda ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha 37 ta korxona va tashkilotlar hamda mahallalarga xususiy ajrimlar chiqarilgan. Ushbu ishlar amaldagi qonunchilikda belgilangan muddat va tartiblarda ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlaridan 33 nafar shaxsga nisbatan 28 ta jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmlari chiqarilib, 3 nafar shaxsga nisbatan 3 ta jinoyat ishlari turli asoslarga ko‘ra tugatilgan. Xususan, joriy yilning birinchi choragi davomida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha jazo tayinlangan 33 nafar shaxsdan 7 nafariga jinoiy jarima,12 nafariga axloq tuzatish ishlari, 8 nafariga ozodlikni cheklash va 6 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Shu bilan birga, jazo tayinlangan shaxslarning 10 nafariga JKning 45-moddasiga asosan qo‘shimcha jazo qo‘llanilgan bo‘lsa, 23 nafar shaxsga nisbatan esa JKning 57-moddasi qo‘llanilgan va 1 nafar shaxs sud hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan. Shuningdek, 3 nafar shaxsga nisbatan bo‘lgan 3 ta jinoyat ishlari bo‘yicha taraflarning o‘zaro ixtiyoriy yarashganligi sababli JKning 661-moddasiga asosan jinoyat ishi tugatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudida 2025 yilning birinchi choragi davomida jami 41 ta jinoiy materiallar ko‘rib tamomlagan bo‘lib, shundan ozodlikni cheklash jazosi jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan 21 ta, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan 9 ta, surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash yuzasidan 2 ta, ma’muriy nazorat o‘rnatish yuzasidan 9 ta ish materiallari ko‘rib chiqilib, shundan 41 tasi ham qanoatlantirilgan.  Shuningdek, ushbu hisobot davrida tintuv o‘tkazish yuzasidan 10 ta, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash yuzasidan 1 ta, qamoqqa olish yuzasidan 6 ta va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish yuzasidan 1 ta sanksiya materiallari kelib tushib, shundan,   9 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 tasi rad qilingan. Bundan tashqari, 2025 yilning birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudining tergov sudyasi tomonidan 381 nafar shaxsga nisbatan 358 ta ma’muriy ishlar ko‘rib tamomlangan bo‘lib, 249 nafar shaxsga nisbatan 231 ta ishlar bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanilgan va 132 nafar shaxsga nisbatan 127 ta ishlar bo‘yicha ma’muriy ish yuritish tugatilgan. Jami ko‘rib tamomlangan ishlardan 112 nafar shaxsga nisbatan 99 ta ish bo‘yicha MJtKning 33-moddasi qo‘llanilgan va 96 nafar shaxsga nisbatan 90 ta ish sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudiga 2025 yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 11 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 10 ta murojaat bo‘yicha yozma ravishda huquqiy tushuntirishlar berilib, javob xatlari yuborilgan bo‘lsa, 1 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan. Sud tomonidan 2025 yilning birinchi choragi davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularni yangi chiqqan qonunlar bilan tanishtirish, ko‘rilishi oshgan jinoyat ishlarining huquqiy oqibatlarini tushuntirib borish maqsadida “Mening mahallam, mening sudyam” g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib borilmoqda. Xususan, ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha 37 ta korxona va tashkilotlar hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xususiy ajrimlar chiqarilgan bo‘lsa, tuman sudining ish rejasiga asosan o‘tkazilgan umumlashtirish ishlari yakuniga ko‘ra aniqlangan qonunbuzilishi holatlari, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarning oldini olish masalasida tumandagi mas’ul idoralarga 2 ta taqdimnomalar kiritildi, tuman sudining sudya va xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida 26 marta ma’ruza, suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazilgan bo‘lsa, 10 marta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilingan. Shuningdek, sud amaliyotlari yuzasidan 2 ta umumlashtirishlar qilindi va 2 marotaba tuman sudiga saylangan xalq maslahatchilari bilan amaliy o‘quv-seminar mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tumanda odil sudlovni amalga oshirish faoliyati bilan bir qatorda mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida targ‘ibot ishlarini kengaytirib, shu asosda fuqarolarning huquqiy ongini oshirishda va huquqiy madaniyatini shakllantirishda faol ishtirok qilib, jamiyatda qonuniylikni ta’minlashda jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudi doimiy ravishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib boradi.
16-04-2025, 14:20
Вернуться назад