Bog‘ot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlat markazining huquqiy masalalarda ekspert maslahatchisi J.Xodjayev tomonidan joriy yilning 18-iyun kuni "Oltinqum", Oq tepa Ashxabod mahallasi fuqarolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qonunchilikdagi yangiliklar, O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunining 8-moddasi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Xususan, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan sudlarga da’vo, ariza va shikoyatlar kiritilish tartibi, ilova qilinadigan hujjatlar haqida ma’lumotlar berildi.

