O‘zbekiston Fermerlar Kengashining vakillari Xorazmda amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishdi. Bog'ot tumanidagi o'rganishlar davomida fermer xo‘jaliklari dalalari ko‘zdan kechirildi. G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish holati o‘rganildi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi aʼzolari bilan kechgan suhbat davomida issiqxona hamda gulchilik maktabi faoliyati bo‘yicha fikrlar va takliflar bildirildi.

