DataLife Engine / Bog'ot tumani Navoiy hududidagi “Ibrohim Guli” fermer xo‘jaligi rahbari Bobojonov Baxtiyorning munosabati

Bog'ot tumani Navoiy hududidagi “Ibrohim Guli” fermer xo‘jaligi rahbari Bobojonov Baxtiyorning munosabati

“Ibrohim Guli” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida O‘zbekiston Fermerlari Kengashining yurtimiz fermer va dehqonlariga yo‘llagan samimiy, ezgu va g‘oyatda dolzarb murojaatini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bugungi murakkab iqtisodiy va iqlimiy sharoitda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xalqimiz dasturxonini to‘kin qilish, eng avvalo, fermer va dehqonlarning fidokorona mehnatiga bog‘liqdir. Shu ma’noda, murojaatda bildirilgan vazifa va tavsiyalar har bir mas’ul fermer uchun yo‘llanma, amaliy dastur bo‘lib xizmat qiladi.

Xo‘jaligimizda ham bu yilgi don hosilini yo‘qotishlarsiz yig‘ishtirib olish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni zudlik bilan qayta ishlash, takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekish bo‘yicha aniq reja va chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ayniqsa, yoshlar va ehtiyojmand oilalarni yer bilan ta’minlash, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezidentimizning tashabbuslari asosida belgilangan ishlarni sidqidildan amalga oshirishni burchimiz deb bilamiz. Xo‘jaligimiz huzuridagi 20 sotixdan ajratilgan yer maydonlariga samarali tomorqachilar va “Yoshlar daftari”dagi yoshlarni jalb qilib, ularga agrotexnik ko‘mak, urug‘lik va boshqa resurslar bilan yordam ko‘rsatyapmiz. Ularning bir qismi allaqachon birinchi hosilni oldi va hozirda ikkinchi ekinni ekish ishlari bilan band.

Shuningdek, fermerlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va sharoitlardan oqilona foydalangan holda, takroriy ekinlarda eksportbop mahsulotlar yetishtirish, bozorga raqobatbardosh mahsulot taklif qilish yo‘nalishida ham ishlarni samarali tashkil etmoqdamiz. Yurtboshimiz ishonchini oqlash, xalqimizning farovon hayotiga hissa qo‘shish — biz fermerlar uchun nafaqat vazifa, balki sharafli burchdir. Biz, “Ibrohim Guli” fermer xo‘jaligi jamoasi, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi uchun ezgu ishlarimizni davom ettiramiz.

Вчера, 08:32
Вернуться назад