- Aholini roʻyxatga olish zarurati faqat demografik koʻrsatkichlar bilan chegaralanib qoladimi?
2. Shuningdek, roʻyxatga olish nimani beradi?
Aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.
3. Joriy yilda Axolini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha nimalar amalga oshirildi?
- Bu jarayon barcha sohalar qatori aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonida ham katta ahamiyatga ega. Shunga asosan joriy yilning 28-aprelidan 2-mayiga qadar viloyat boʻyicha tanlab olingan Urganch shahridagi “Kamolot” hamda Xiva tumanidagi “Shomaxulum” mahallalarida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʼlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Aholini roʻyxatga olish esa 2025−2026-yillarda oʻtkazilishi, natijalar 2026−2027-yillarda tayyorlanishi va eʼlon qilinishi belgilangan.
Bog’ot tuman statistika bo‘limi