Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Bog‘ot tumanida joylashgan IT-park binosida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi qoshidagi diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan Bog‘ot va Hazorasp tumanlari imom noiblari ishtirokida “Noqonuniy diniy ta’lim berishning oldini olish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholida, ayniqsa, yoshlarda radikalizm, diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar va tahdidlarga nisbatan immunitet hosil qilishi lozimligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
