Xalq deputatlari Bog'ot tumani Kengashining birinchi sessiyasi to'g'risida AXBOROT
Sessiya ishida tuman saylov komissiyasi raisining axboroti tinglanib, xalq deputatlari Bog'ot tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalari to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi masala ko'rib chiqildi. Shuningdek, xalq deputatlari Bog'ot tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro'yhatga olish masalasi hamda xalq deputatlari Bog'ot tumani Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish to'g'risidagi masala kun tartibiga kiritildi. Ta'kidlash joizki, sessiya ishida tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi. Ya'ni, bu Xorazm viloyati hokimi tomonidan Bog'ot tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash masalasidir. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qo'shma majlisi Maslahat Kengashi a'zoligiga nomzodni tavsiya etish haqidagi masala mazkur sessiyada ko'rilgan so'nggi ish bo'ldi. Xorazm viloyati hokimi tomonidan Bog'ot tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to'g'risidagi masala deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi va Xolboyev Oybek Madaminovich Bog'ot tumani xokimi sifatida ishga kirishishi e'tirof etildi.Ko'rilgan barcha masalalar bo'yicha xalq deputatlari Bog'ot tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan Xalq deputatlari Bog'ot tumani Kengashining birinchi sessiyasi o'z ishini yakunladi.
21-01-2020, 10:06
Вернуться назад