London shahrida birinchi marta ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Tarjima muallifi yosh olim, AQShning Michigan universiteti slavyan tillari va adabiyoti kafedrasi ma’ruzachisi Kristofer Fort. U deyarli bir yil O‘zbekistonda yashab XX asrdagi o‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun materiallar to‘plagan va o‘zbek tilini o‘rgangan.
2019-yilda u dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy ishida bir paytda ham xalqimizning madaniy-tarixiy an’analarini, ham o‘zbek musulmon islohotchilarining taraqqiypavar g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan XX asr boshidagi o‘zbek sotsrealizmi adabiyotining noyobligini isbotlab berdi.
21-01-2020, 10:11
Вернуться назад