DataLife Engine / MAKTABGACHA TA'LIM SIFATI ERTANGI KUNIMIZNI HAL QILADIGAN MASALADIR.

MAKTABGACHA TA'LIM SIFATI ERTANGI KUNIMIZNI HAL QILADIGAN MASALADIR.

Maktabgacha ta'lim - yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo'g'inidir. Sh.Mirziyoyev.Bugun mustaqil O'zbekistonimizda barcha soxalar qatori maktabgacha ta'lim tizimini ham dunyoning eng rivojlangan davlatlari darajasiga olib chiqish borasidagi ishlar tobora avj olmoqda. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "5 ta muhim tashabbus" doirasidagi ishlar ko'lami kengaymoqda. Ushbu g'oyani amaliyotga joriy qilish bo'yicha tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar haqiqatan ham yuqori darajada ekaniga bugun tumanimiz hokimi Oybek Madaminovich Xolboyev 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti misolida guvoh bo'ldilar. Qarangki, bugun ushbu tashkilotda 2020-yilning maktabgacha ta'lim tizimida "Ta'lim sifatini oshirish yili" deb e'lon qilinganligi yuzasidan ishlab chiqilgan Ish rejaga muvofiq 1 kunlik amaliy seminar o'tkazilayotgan ekan. Seminarga tumandagi davlat, nodavlat MTT mudira va tarbiyachilari taklif etilgan. Tashkilotda bugungi kunda 6 ta kuni uzaytirilgan guruhlarda 185 nafar va 4 ta qisqa muddatli guruhlarda 120 nafar bola tarbiyalanmoqda. Oybek Madaminovich har bir guruhda bo'lib, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan dildan suxbatlashdi. "Bolalarga sifatli ta'lim-tarbiya berish uchun tashkilotda barcha sharoitlar yaratilgani bu eng katta yuqug'imiz. Davlatimiz rahbarining "5 ta muhim tashabbus"i bizni ham izlanish, ijodkorlikka undamoqda. Haftaning besh kunida o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko'tarmoqdamiz"-deydi "Katta guruh" tarbiyachisi Sh.Qurbonova. Tuman hokimi guruhlarda bolalarning rivojlantiruvchi markazlarda mustaqil ravishda tayyorlagan har bir ijod namunalarini ham ko'zdan kechirib, bolajonlarning intiluvchanligida albatta tarbiyachilarning roli kattaligini ta'kidlab o'tdi. Bundan tashqari tashkilotdagi har bir guruhda bola yoshiga mos noyob qo'l mehnati namunalari ham rivojlantiruvchi markazlarga joylashtirilgan. Ular yuksak did, mahorat va nozikta'blik mahsuli sifatida yuzaga kelgani sezilib turibdi. Har bir ijod namunasini yaratishda kichkintoylar ishtiroki borligi ayniqsa barchani hayratini oshiradi. Tumanimiz hokimi Oybek Madaminovich maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiya jarayonidan mamnun bo'lib, MTT rahbariyati va pedagoglariga o'zining tavsiyalarini bildirdi. BOG'OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
3-02-2020, 11:42
Вернуться назад