DataLife Engine / " HOKIM YOSHLAR BILAN UCHRASHMOQDA"

" HOKIM YOSHLAR BILAN UCHRASHMOQDA"

Bog‘ot tuman hokimi O.Xolboyev tumanimizda joylashgan 3-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tuman hokimi o‘quvchilar bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvini o’tkazdi. Uchrashuv samimiy ochiq davra suhbati tarzida tashkil etildi. Тuman hokimi O.Xolboyev o’z so’zida bugungi kunda yurtimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilganligi, ayniqsa, Prezidentimizning kadrlar masalasida o’tkazgan so’nggi yig’ilishida “...kadrlar masalasi bizning kelajagimiz, ertangi kunimiz” ekanligiga urg’u berilgani bejiz emasligi ta’kidlandi. Tuman hokimi o‘quvchilarni chuqur bilim olishga, chet tillarini qunt bilan o’rganishga, xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida maqsadli tahsil olib qaytib, vatanimiz,tumanimiz ravnaqiga hissa qo’shishga da’vat qildi. Shuningdek, tuman hokimi yoshlar o'rtasidagi munosabatlar, tumandagi o'zgarishlar va kutilayotgan natijalar haqida so'zlashib, o‘quvchilarning takliflarni eshitdi. Ushbu takliflarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga o'zining qo'shimchalari bilan tegishli ko'rsatmalar berdi. Maktab-internat o‘quvchilari tomonidan ilgari surilgan takliflar O.Xolboyev va tadbirning boshqa ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Maktab-internatida tashkil etilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi xar tomonlama foydali va mahsuldor o’tdi. Ushbu uchrashuv uchun Bog‘ot tuman hokimi O.Xolboyevga maktab-internati ma’muriyati tomonidan tashakkur bildirildi.
3-02-2020, 12:25
Вернуться назад