DataLife Engine / “DAVLAT TILI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI AMALDA

“DAVLAT TILI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI AMALDA

“DAVLAT TILI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI AMALDA Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunining ijrosini taʼminlash maqsadida Bogʻot tumani hokimining Farmoyishiga asosan ishchi guruh tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimining topshirig‘iga ko‘ra peshlavhadagi, «Боғот тумани ҳокимлиги» yozuvi lotin tilida qaytadan yozib o‘rnatildi. Tuman ishchi guruh tomonidan Bogʻot tumanining markaziy koʻchalaridagi yozuvlar hamda davlat idoralari, xususiy korxonalar, oziq-ovqat va kiyim-kechak doʻkonlari, xizmat koʻrsatish shoxobchalari oldiga oʻrnatilgan peshlavhalar, bannerlarda aks etgan yozuvlar, ulardagi turli xildagi xatoliklar hamda ularning “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiqligi oʻrganilib chiqildi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar hamda ularni qisqa fursatlarda bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlar masʼullariga Bogʻot tumani hokimi maslahatchisi Dilafruz Abdullayeva tomonidan koʻrsatmalar berildi.Bu yuzasidan ishchi guruh tumandagi ishlarni izchillik bilan davom qildiradi.
4-08-2021, 10:40
Вернуться назад