DataLife Engine / BOG‘OT TUMANIDA “DAVLAT TILI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSINING AMALDA BAJARILISHI NAZORAT QILINMOQDA

BOG‘OT TUMANIDA “DAVLAT TILI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSINING AMALDA BAJARILISHI NAZORAT QILINMOQDA

Bugun tuman hokimining topshirig‘iga ko‘ra peshlavhadagi, «Боғот тумани ҳокимлиги» yozuvi lotin tilida qaytadan yozib o‘rnatildi. Tuman ishchi guruh tomonidan Bogʻot tumanining markaziy koʻchalaridagi yozuvlar hamda davlat idoralari, xususiy korxonalar, oziq-ovqat va kiyim-kechak doʻkonlari, xizmat koʻrsatish shoxobchalari oldiga oʻrnatilgan peshlavhalar, bannerlarda aks etgan yozuvlar, ulardagi turli xildagi xatoliklar hamda ularning “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiqligi oʻrganilib chiqildi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar hamda ularni qisqa fursatlarda bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlar masʼullariga Bogʻot tumani hokimi maslahatchisi Dilafruz Abdullayeva tomonidan koʻrsatmalar berildi.Bu yuzasidan ishchi guruh tumandagi ishlarni izchillik bilan davom qildiradi.
16-08-2021, 11:23
Вернуться назад