DataLife Engine / SPORT_SOHASIDA_YANA_YUTUQLAR

SPORT_SOHASIDA_YANA_YUTUQLAR

Joriy yilning 22 avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan Sariosiyo ochiq chempionatida Bog'ot tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabi Shotokan Karate-do sport turi shug'ullanuvchilari faol ishtirok etishib 8 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo'lga kiritishdi. Ushbu yutuqlarga erishishlarida tuman Xokimi Shavkat Yaxshibayevning sport sohasiga qilayotgan e'tibori, Bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Ergash Jumaniyozovning sportchilarimizga yaratib bergan shart-sharoitlari juda katta o'rin tutadi. Shu o'rinda Shotokan Karate-do sport turi treneri Olloberganov Umrbekga omad tilaymiz. Kelajakda Jaxon arenalarida ham shunday katta yutuqlarga erishishlarini tilaymiz.
23-08-2021, 01:09
Вернуться назад