DataLife Engine / BOG‘OTLIK XALIMAJON QURBONOVA OLTIN MEDAL OLDI

BOG‘OTLIK XALIMAJON QURBONOVA OLTIN MEDAL OLDI

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bugun, 9-sentyabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Birinchi MDH o‘yinlari”ga tashrif buyurdi. Dzyudo bo‘yicha kechayotgan final bahslari oldidan Aziz Abduhakimov sportchilarimiz bilan suhbatlashib, ularga motivatsiya berdi hamda yurtboshimiz boshchiligida butun o‘zbek xalqi ularning MDH o‘yinlaridagi ishtirokini katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini, bundan buyog‘iga faqat olg‘a borish kerakligini taʼkidladi. Dyuzdo bo‘yicha final bahslarida birinchilar qatori ishtirok etgan ishtirokchimiz Halimajon Qurbonova Rossiya Federatsiya vakili Alina Sergeyevaga qarshi kurashdi hamda uni yaqqol ustunlik bilan yengdi. 48 kg vazn toifasida qatnashgan Bog‘ot tumani Dehqonbozor qishlog‘ilik Halimajon Qurbonova dzyudo bo‘yicha MDH o‘yinining ilk oltin medali sohibasiga aylandi.
9-09-2021, 11:47
Вернуться назад