DataLife Engine / BOG‘OT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI OGOHLANTIRADI!

BOG‘OT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI OGOHLANTIRADI!

Egaligida soliq solinadigan mol-mulk hamda yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi. Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer solig‘ining to‘lov muddati 15 oktyabrga qadar deb belgilangan. Shuni unutmangki, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun belgilangan tartibda penya hisoblanadi. Siz to‘lagan soliqlar xalqimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Bog‘ot tumani davlat soliq inspeksiyasi
27-09-2021, 11:31
Вернуться назад