DataLife Engine / Bog'ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibaevning tuman aholisiga murojaatidan

Bog'ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibaevning tuman aholisiga murojaatidan

Agar bundan bir necha yillar oldin ular dardini kimga aytishni bilmay, turli turli idoralar oldida navbat kutib, ishi bitmaganidan havsalasi pir bo'lib, o'zi bilan o'zi ovora holatda qolib ketgan bo'lsa, bugun ular ochiqdan- ochiq o'z muammolarini bayon etish imkoniga ega bo'lmoqdalar. Bu borada OAV vakillari, ijtimoiy tarmoqlar ular uchun Murojaat minbari bo'lib xizmat qilmoqda. Albatta, bu borada mavjud muammolarni yoritishda jurnalist va blogerlarimizning ham hissalari bor. Men har safar Hurmatli Yurtboshimizning "Bugungi O'zbekiston kechagi O'zbekiston emas, bugungi odamlarimiz ham kechagi odamlar emas" degan gaplarini eslaganimda, undagi chuqur hayotiy falsafani his qilaman. Shu falsafa bizni o'z ustimizda yanada ko'proq ishlashga, izlanishga, muammolar yechimini topishning samarali yo'llarini topishga undaydi".
26-12-2021, 11:06
Вернуться назад