Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bogʻot tuman tibbiyot birlashmasi ishchi xodimlariga berilgan ragʻbatlantirish pullari boʻyicha norozilik kayfiyatida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
2024-yil 8-yanvar kuni Bogʻot tuman Tibbiyot birlashmasining 48-12-170-TV/2024 sonli buyrugʻi bilan jami 70 nafar ishchi xodimlarga 619,3 mln soʻm ustama toʻlab berilgan. Ushbu mablagʻlarni toʻlashda Xorazm viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 2023-yil 22-dekabrdagi 1-1370 sonli koʻrsatma xatiga asosan kadrlar boʻlimining 3 nafar xodimiga 13,6 mln soʻm, Sogʻliqni saqlash vazirligining 26-dekabr 2023-yildagi 4-30-29973 sonli xatiga asosan moliya-iqtisod va buxgalteriya boʻlimining 19 nafar xodimlariga 110,8 mln soʻm, Sogʻliqni saqlash vazirligining 29-dekabr 2023-yildagi 3-24-30370 sonli xatiga asosan ichki dorixonaning 1 nafar xodimiga 8,7 mln soʻm, Sogʻliqni saqlash vazirigining 27-dekabr 2023-yildagi 31-30024 sonli xatiga asosan 1 nafar IT muxandisga 4,8 mln soʻm, tegishli bo‘lim mudirlarning tavsiyasi asosida 46 ta ishchi xizmatchilarga 481,5 mln soʻm mablagʻ hisoblanib, shundan 7 nafar xodimga to‘lab berilgan 69,4 mln soʻm pul mablag‘lari ichki nazoratdan o‘tkazilganda aniqlangan ortiqcha toʻlangan mablagʻlar ushlab qolingan. Qolgan barcha pul mablagʻlari xodimlarning shaxsiy plastik kartalariga oʻtkazib berilgan.
Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqdagi ayrim ommaviy kanal yurituvchilarini tekshirilmagan yoki yolgʻon axborotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.
10-04-2024, 11:30
Вернуться назад