Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining asosiy vazifalari hisoblanadi
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish
va samarali o‘zlashtirish;
hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash;
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish,
ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash;
erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop
va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;
kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish.
hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va tashkilotlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish;
mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, tashkilotlar o‘rtasida sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish
va samarali o‘zlashtirish sohasida:
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z muddatida
va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;
investitsiya faoliyati yo‘nalishida hududda boshqaruv tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida hududda davlat organlari va tashkilotlarining tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, xorijiy investorlarni hududning imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni rag‘batlantiradi;
investitsiya dasturlarini, jumladan hududiy dasturlarni shakllantirish, jalb etilgan mablag‘larni o‘zlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
har haftaning chorshanba kuni hudud bo‘yicha “Investitsiya kuni” tadbirlarini o‘tkazish ishlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar o‘tkazish, investorlarning muammolarini hal qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan o‘zining investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish orqali jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga asoslangan baholash tizimini amalda tatbiq etadi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari
va konsullari bilan yaqin hamkorlikda hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, hududning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazadi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;
hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan boshqa axborot aks ettirilgan hududning interfaol investitsiya xaritasini ishlab chiqish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan hududning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasini yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflarni ishlab chiqadi;
investitsiya dasturlari doirasida mablag‘lar jalb etilishi hamda o‘zlashtirilishi bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlaydi;
b) hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash sohasida:
hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, korxonalarning, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
hududiy eksport shtablarining faoliyatini boshqaradi, hududiy korxonalarning eksport mahsulotlari va eksportchilari bo‘yicha ma’lumotlar bazasining yuritilishini ta’minlaydi, mahalliy korxonalarga eksportni tashkil etishda ko‘maklashadi;
hududiy korxonalar eksport prognozining bajarilishi holati bo‘yicha monitoring olib borish, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qilish va korxonalar eksportini jadallashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi;
hududiy korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganish asosida ularning mavjud eksport zaxiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;
hududiy korxonalarga eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ko‘maklashadi, shunday tadbirlarni hududda tashkil etadi va o‘tkazadi;
eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklarining eksportoldi kreditlari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etishni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;
v) ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash sohasida:
hududda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish,
ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay
shart-sharoitlarni yaratadi, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytiradi;
hududda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish asosida hududning ilmiy salohiyatini
va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan hamkorlikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda innovatsiyalar va ilg‘or yuqori texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududda innovatsion faoliyatni yuritish, yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
ilm-fan sohasini va innovatsion rivojlantirishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur investitsiyalarni jalb etadi;
hududda innovatsion infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ixtisoslashtirilgan ilmiy-tajriba tashkilotlari, yuqori texnologiyalar markazlari va texnologik parklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi;
yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, yosh olimlarning ilmiy va innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmalari portfelini shakllantiradi;
d) erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish sohasida:
hududda erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashadi;
sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi,
shu jumladan mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hududdagi erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;
investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
erkin iqtisodiy zonalarni, hududning mavjud ishlab chiqarish
va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish hamda ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va dasturlarni shakllantiradi;
erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida Qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
ye) kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish sohasida:
kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlariga raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishda ko‘maklashadi;
kichik sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishda ko‘maklashadi, zarur infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
hududlardagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida va bo‘sh turgan yer uchastkalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi;
kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun Qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, jumladan, hududiy dasturlarni shakllantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida hududda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va preferensiyalar berish, tadbirkorlik sub’ektlariga eksportda ko‘maklashish sohasida vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlarining tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududning eksport salohiyatini oshirish, hududiy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlar ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlaydi;
yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish hamda innovatsiyalar va ilg‘or yuqori texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratadi;
hududda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishga ko‘maklashish, ularda zarur infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish orqali samarali foydalanishni ta’minlaydi;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarining (“Yo‘l xaritalari”) bajarilishini ta’minlaydi va tizimli nazoratini olib boradi;
investitsiyalar, eksport va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalarida sayyor (ochiq) majlislarni tizimli o‘tkazadi.
halq iste’moli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash, charm-poyabzal, ipakchilik, kurilish materiallari, elektrotexnika va zargarlik, farmasevtika sanoatlarini rivojlantirish yuzasidan tuman hududlarida mahalliy sanoatni rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
mahalliy sanoat faoliyati yo‘nalishida hududlarda boshqaruv tizimini, shu jumladan hududiy sanoat korxonalarihamda hududda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, hududning imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni rag‘batlantiradi;
hududlarning tabiiy xom-ashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, hududlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “Xom-ashyo bazasini tahlil qilish – ichki bozor ehtiyojlarini o‘rganish – importni tahlil va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish;
tuman hududida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari yuzasidan axborotlarni elektron kooperatsiya portaliga joylashtirish va yangilab borish ishlarini monitoring qilish;
xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini o‘rganish asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlarning eng ko‘p talab qilinadigan turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etishga doir takliflar ishlab chiqish;
hududdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish orqali hududiy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Tuman hokimining o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish, vakolati doirasiga kiruvchi sohalarning samarali ishlashi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha tegishli davlat boshqaruvi organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining tuzilmalarining majlislarida, shuningdek, tuman hokimi topshiriqlari bo‘yicha – boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tuzilmalarining o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejalariga (“Yo‘l xarita”lariga) kiritish uchun biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli tarmoq korxonalari va hududlarning muammoli masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish.
Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu nizomda o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
Tuman hokimi o‘rinbosarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu nizomga muvofiq, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har hafta eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimi o‘rinbosarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Tuman hokimlari o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishli choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Tuman hokimi o‘rinbosarining faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan ta’minlanadi.