DataLife Engine / Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari

Quyidagilar tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish;
yangi intensiv bog‘lar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash;
yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi
 va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish
;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar miqdorini belgilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish;
o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, o‘rmon xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirish;
veterinariya xizmatini ko‘rsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalariniamalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pulli xizmatlarni tashkil etish.
Tuman hokimi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi
a) agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF–5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning                      2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan ustuvor vazifalarga muvofiq hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturlariga takliflar ishlab chiqadi;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi;
b) qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish sohasida:
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoitlari, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘liq ekilishini, agrotexnik tadbirlar
 o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan belgilangan hosil yetishtirilishini tashkil etadi
;
paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning yangi shakllarini joriy etadi;
agrosanoat klasterlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, klasterlar modelidagi tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshiruvchi qishloq xo‘jaligi birlashmalarini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya va fyuchers shartnomalari bajarilishini va hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini tashkil qiladi;
v) yangi intensiv bog‘lar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan uzumzorlar barpo etish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
g) yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishsohasida:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yer resurslaridan belgilangan maqsadlarda oqilona va samarali foydalanishni, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yer tuzish, yer monitoringi o‘tkazilishi va davlat yer kadastrini yuritish ishlarini tashkil etadi;
yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari hamda boshqa davlat
 va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yerberish ishlarini tashkil etadi;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda bekor qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;
d) suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi
 PQ–5005-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning                           2021–2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasidabelgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv olish limitlarini belgilash, suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha tartib ijrosini hamda sug‘oriladigan yerlarda meliorativ nazoratni tashkil qiladi;
suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha hududiy dasturlarni shakllantiradi hamda ijrosini tashkil qiladi;
suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni shakllantiradi va ijrosini ta’minlaydi;
suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash va rivojlantirishga ko‘maklashadi, fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari hamda boshqa suv iste’molchilari bilan ularning shartnomaviy munosabatlarini tashkil qiladi;
suv iste’molchilari uyushmalari va suvdan foydalanuvchilar hisobidagi sug‘orish tarmoqlari, ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini yaxshilash, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni hamda suvning hisobi va hisoboti yuritilishini ta’minlaydi;
suv va suv xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari va sohilbo‘yi mintaqalarini tashkil qilish, ajratilgan yerlardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;
investitsiya dasturlari doirasida suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash bo‘yicha loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘radi hamda foydalanishga topshirilgan ob’ektlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni tashkil qiladi;
ye) qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish sohasida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga resurslarni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi ekinlarining istiqbolli, intensiv hamda serhosil navlarini ekishni tashkil etadi;
innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga joriy etadi;
agrar sektorga investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi;
j) tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar miqdorini belgilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish sohasida:
har bir tumandagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining tuproq unumdorligi va belgilanadigan ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar va kimyoviy preparatlar miqdorini belgilaydi;
mutasaddi tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini oziqlantirish uchun mineral o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar va o‘simliklarni himoya qiluvchi zarur kimyoviy preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘radi;
mavjud biolaboratoriyalarning to‘la quvvat bilan ishlashini tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi birinchi navbatda biologik va kimyoviy kurashish tadbirlarini tashkil etadi;
z) o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, o‘rmon xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirishsohasida:
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanishi bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘rmon xo‘jaliklarida davlat o‘rmon fondining madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida o‘rmonlarni va tabiiy landshaftlarni saqlash, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan bu uchastkalarni obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etadi;
o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta’minlaydi;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
o‘rmonlar holatiga zarar yetkazilgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va tugatish to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda hududdagi o‘rmon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda o‘rmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish, turistik yo‘nalishlar va zamonaviy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan hududiy dasturlar ijrosini tashkil qiladi;
i) veterinariya xizmatini ko‘rsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini tashkil etish sohasida:
veterinar osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘radi va epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
ichki iste’mol bozorini sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq hamda asal mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, mahsulotlar narxining barqarorligini saqlash maqsadida zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
chorva mollari bosh sonini, go‘sht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlaydi;
chorvachilik xo‘jaliklaridagi mavjud chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishning holatini o‘rganadi va samarali foydalanish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;
parrandachilik, baliqchilik va pillachilik tarmoqlarida klaster usulini joriy etadi
suv tanqisligi sharoitida sun’iy suv havzalariga boshqa manbalardan qo‘shimcha suv berish choralarini ko‘radi;
asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlarga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga joylashtirish choralarini ko‘radi;
fermer xo‘jaliklarining dala atroflariga tut ko‘chatlarini ekish, intensiv tutzorlar barpo etish va parvarishlashni tashkil etadi va pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
k) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pullik xizmatlar tashkil etishsohasida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini hamda oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlaydi;
savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlar tizimli amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyati monitoringini olib boradi, qishloq aholisini talab etiladigan oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlash va pulli xizmatlar ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi;
hudud aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga g‘amlash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etadi;
hududda omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovitish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hisobiga meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solish choralarini ko‘radi;
hudud aholisini, shu jumladan qish-bahor oylarida borish qiyin bo‘lgan olis va cho‘l zonalarida yashaydigan aholiga, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari ishonchli va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “Yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar va xo‘jalik birlashmalarining tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, xo‘jalik birlashmalari tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, xo‘jalik birlashmalarning tuzilmalari rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
tegishli tuman komissiyalariga (kengashlar, guruhlarga) rahbarlik qiladi, tuman hokimi ishtirokidagi komissiyalar (kengashlar, guruhlar) ishini tashkil etadi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika komissiyalari qarorlari ijro etilishini ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
 
Tuman hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
 
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududda qishloq xo‘jaligi sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish
 va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish; 
hududiy boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan tuman hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va chorvachilik masalalarini boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, tuman hokimi o‘rinbosari topshiriqlarining hududiy boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini o‘rganish.
Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu nizomdagi o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir
Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil
 10 fevraldagi PF–6166-son Farmoni
, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–                    2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hokim o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
Tuman hokimining o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu nizomga muvofiq tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimi o‘rinbosarining hisobotlari xalq deputatlari tuman Kengashi majlisida eshitiladi.
Tuman hokimi o‘rinbosari faoliyatining samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishli choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Tuman hokimi o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
 

Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining
hududiy va tarmoq bo‘linmalari
 RO‘YXATI

  1. tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
  2. irrigatsiya tizimlari havza bo‘limi;
  3. irrigatsiya bo‘limi;
  4. don mahsulot korxonalari; 
  5. tuman “Agroservis MTP” MChJ;
  6. tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi;
  7. tuman “Pilla” tashkiloti;
  8. tuman “G‘o‘za urug‘chiligi” bo‘limi
  9. “O‘zagrokimyohimoya” AJ tuman bo‘limi;
  10. O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti tuman filiali;
  11. tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tamorqa yer egalari kengashi;
  12. tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi;
  13. tuman veterinariya bo‘limi;
  14. tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi;
  15. tumandagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, yoqilg‘i-moylash va mineral o‘g‘it shoxobchalari, “Agrotexservis MTP” MChJ
  16. barcha yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari. 
  

 
1-07-2024, 13:34
Вернуться назад