Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari

  • Qog'ozga chop etish

Quyidagilar tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi
 
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’ektlarini qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda tuman, qishloq va mahallalarni kompleks hamda jadal rivojlantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv ob’ektlarining samarali faoliyatini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash;
aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash;
davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
 
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi
 
a) kapital qurilish industriyasi sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’ektlari qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarishsohasida:
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital qurilish va pudrat ishlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etadi;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim ob’ektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’ektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish choralarini ko‘radi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (ob’ektlar) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, tender jarayonlarini ochiqlik
va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazish hamda moliyalashtirishni
 o‘z vaqtida ochish ishlarini tashkil qiladi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (ob’ektlar) doirasida budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil qiladi; 
har yili qabul qilinadigan Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturlari loyihalarini shakllantirish jarayonida hududdagi mavjud holatni to‘g‘ri va to‘liq tahlil qilgan holda, vakolatli organlarga asoslangan takliflar kiritib boradi; 
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish,pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, hokim o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatining monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etadi;
ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazoratining amalga oshirilishi holatini o‘rganadi;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’ektlarining tizimli monitoringini amalga oshiradi hamda natijalari bo‘yicha ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlaridagi mavjud qoloqliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda ob’ektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan choralar ko‘radi;
qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganadi va tahlil qiladi, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
qurilish tarmog‘ini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, salohiyatli xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishga zamonaviy ilg‘or, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etadi;
b) “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq va mahallalarni kompleks va jadal rivojlantirish sohasida:
qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash,
 yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha har yilgi tasdiqlanadigan asosiy parametrlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq choralar belgilaydi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv ob’ektlarining samarali faoliyatini tashkil etishsohasida:
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi va “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq aholi maskanlari, binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda rivojlantirishda belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalari va pochta aloqasi ob’ektlarini joylashtirish nazarda tutilishini ta’minlaydi, telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi ob’ektlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashadi;
iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshiradi;
“Xavfsiz shahar” loyihasini joriy etish doirasida tizimni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat va idoraviy arxivlar hujjatlarining saqlanishi uchun tegishli darajadagi shart-sharoitlarni ta’minlash, ularning holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish choralarini ko‘radi va arxivlarni moliyalashtirish miqdorini aniqlaydi;
g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlashsohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
raqobat muhitini shakllantirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
qishloqlarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini joriy ta’mirlash, saqlash (shu jumladan, yoritish tizimlarini o‘rnatish), obodonlashtirishni tashkil etadi hamda hisobini yuritadi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, qishloqlar va ovullarning yo‘l-transport va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirishni davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiradi;
d) aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya  va ekologik vaziyatini yaxshilash sohasida:
kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etadi; 
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investitsiyalar
va innovatsion g‘oyalar, texnologiyalarni jalb etish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya ob’ektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ko‘p kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;
ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlaydi;
uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda,kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash
 va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz
va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta
 va qisqa muddatli hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologik norma va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda rekreatsion hududlarni shakllantiradi;
ye) davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etadi, davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish imkoniyatlarini baholash hamda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror
 va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni shakllantiradi hamda ularda belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
hududni, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohalarini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “Yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
hokimning topshiriqlariga binoan o‘ziga biriktirilgan yo‘nalish bo‘yicha hudud va tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
hududda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati
va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini
 va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyasining yig‘ilishlari va tadbirlarida ishtirok etadi;
davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegarabo‘yi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, tuman hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi bo‘yicha nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
 
Tuman hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
 
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohasida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dastur va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’ektlarini qurish ishlarini har yilgi maqsadli parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini tahlil qilib borish, mavjud muammolar yechimi yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarning tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirlik, idora va qo‘mitalarning tuzilmalari, tuman
 hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya ob’ektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kommunal soha tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;
ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, kommunal soha tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish hamda hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha vakolati doirasida zarur choralarni ko‘rish;
shaharcha va qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida
 uy-joylar va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu nizomda o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar
Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
 
 
 
Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
 
Tuman hokimi o‘rinbosarining ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu nizomga muvofiq, tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman hokimi o‘rinbosarining hisobotlari tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har hafta eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tumanlar hokimlari o‘rinbosarining hisobotlari tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Tuman hokimi o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan ta’minlanadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari
 RO‘YXATI

  1. tuman qurilish bo‘limi (arxitektura);
  2. tuman gaz bo‘limi
  3. Tuyamuyin Urganch MSQFB DUK tuman bo‘limi;
  4. tuman elektr tarmoqlari korxonasi; 
  5. Tuman yo‘llardan foydalanish UK
  6. qurilish-montaj pudrat tashkilotlari;
  7. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi;
  8. Kadastrlar palatasi tuman bo‘limi;
  9. Tuman Toza xudud DUK bo‘limi;
  10. Tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari bo‘limi;
  11. Transport tashkilotlari;
  12. Kommunal xo‘jalik tizimi korxonalari;
  13. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi.
  14.  Fabrikalar

 
 



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?