Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bog‘ot tumani hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyarov Mirjalol Umid o‘g‘liga hokimlik faoliyatiga doir axborotlarni shakllantirish va rasmiy veb-saytga joylashtirib borish, o‘z vaqtida axborotlarni yangilanishini ta’minlash yuklatilgan.
Hokimlik axborot xizmati bo‘linmasining asosiy xizmat vazifalari:
• hokimlikning axborot siyosatini amalga oshirishga karatilgan media-rejani ishlab chiqish;
• hududiy OAV pozitsiyasi hamda hududdagi jamoatchilikning hokimlik faoliyatiga nisbatan fikri to‘g‘risida tuman hokimligi rahbariyatini tezkor xabardor qilish;
• tuman hokimligi rahbariyatiga hududiy muammolar to‘g‘risida qisqa axborot xabarlarini muntazam taqdim etib turish,
• hokimlik faoliyati to‘g‘risida yangiliklar, lavhalar va boshqa materiallarning chiqishi uchun axborot rejasini ishlab chiqish (1-3 oy uchun bo‘lgani ma’qul);
• hokimlik faoliyatiga daxldor axborot materiallarini tayyorlash (matbuot xabarnomalari, foto byulletenlar, video va audiomateriallar, intervyu va hokazo);
• OAV, boshqa tashkilot va fuqarolar tomonidan hokimlik faoliyati yuzasidan berilishi mumkin bo‘lgan savollariga javoblarni oldindan tayyorlash;
• kelishilgan holda, hokim yoki boshqa hokimlik xodimlarining matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyu va fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etish hamda o‘tkazish;
• hokimlikning rasmiy veb-sayti uchun axborotni tayyorlash va joylashtirish;
• hokimlik va hududdagi boshqa tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida OAV xabarlarini monitoring va tahlil qilish;
• hokimlik faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan ma’lumotlarning ishonchliligini tahlil qilish.
Bosh sahifaga qaytish