Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

  • Qog'ozga chop etish

Quyidagilar tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi
hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeini ko‘tarish;
aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash hamda hududda farmasevtika sanoatini rivojlantirishni ta’minlash;
hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash;
aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlash.
turizmni jadal rivojlantirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish;
ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ziyorat turizmini rivojlantirish;
turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish, turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shug‘ullanishi 
uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish va shu orqali yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlash;
madaniy sohadagi islohotlarni joylarda amalga oshirilishini ta’minlash;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
hududda ommaviy axborot vositalari, axborot targ‘ibot sohasini kompleks rivojlantirishni ta’minlash choralarini ko‘rish.
 
Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi
a) hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni hamda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 iyundagi PF–6017-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali amalga oshirish etish; 
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarador va natijali ijrosini ta’minlash;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF‒5466-son Farmonining hududda to‘liq ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
yoshlar ongida Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish ishlarini tizimli tashkil etadi;
yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, yosh kadrlar zaxirasini yaratish
 va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
yoshlar o‘rtasida jinoyatlarni sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
yoshlar bandligini, ayniqsa qishloq joylarda ta’minlash, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishda ko‘maklashadi;
b) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeini ko‘tarish:
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirilishini ta’minlash;
umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta’minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
xalq ta’limini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilishda ishtirok etish;
umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tarmog‘ini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy qilishda ishtirok etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil qilish, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan fan bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar
 va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflarni ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish,
ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash;
v) aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF‒5590-son Farmoniga muvofiq sog‘liqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirish;
sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari hamda kasalliklar profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoring olib borilishi tashkil etilishini va chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash;
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, u tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha mahalliy davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i uchun shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi
 va sifatini oshirish,
ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganish
 va oldini olish,
hududdagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish masalalarida tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
hududda sanitariya-epidemiologik holat va radiatsiyaviy vaziyat monitoringi olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
farmasevtika ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmasevtika tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish;
g) hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash sohasida:
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan, nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovonligiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga o‘tishni muvofiqlashtirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi mexanizmlarini yaratish;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;
samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;
d) aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi
 “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4307-son qarori
ga muvofiq fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida milliy g‘oyaga, umuminsoniy qadriyatlar
 va demokratik prinsiplarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, jamoatchilik ongida mustaqillik g‘oyalariga, Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida
ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganishni tashkil etadi hamda “Mahalla–tuman–tuman” prinsipi asosida hududlar bo‘yicha ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish;
“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqotning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion usullarini ishlab chiqilishini ta’minlash;
tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish;
ye) hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish
 va turizmni rivojlantirishni ta’minlash sohasida:

turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shu jumladan ushbu sohada aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
hududga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini strategik rivojlantirish dasturlarini sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;
joylarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilishining samaradorligini doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qiladi, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlaydi;
turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish choralarini ko‘radi;
vakolat doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, hududning o‘ziga xos madaniyati va an’analaridan kelib chiqib, turizm mahsulotini faol va kompleks targ‘ib qilish choralarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning maqsadli parametrlari, mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolati doirasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;
hududda yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy masalalarning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “Yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida tegishli vazirliklar, idoralarlar, qo‘mitalar, tijorat banklarining tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar va boshqa tashkilotlarning tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tuman hokimining o‘rinbosariga yuklangan vazifalar
va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakuni bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlarga) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
 “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Dasturi doirasida tashrif buyurayotgan mahalliy turistlar uchun turizm infratuzilmasini, shu jumladan mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarining tayyorligini ta’minlash, hududdagi joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini xatlovdan o‘tkazgan holda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralarni amalga oshiradi;
ekologik, etnomadaniy, qishloq, agro va sanoat turizmi yo‘nalishlarini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
mahalliy turistlar uchun tavsiya etiladigan tashrif buyurish ob’ektlari ro‘yxatini shakllantirish va uni doimiy yangilab borishni tashkil etadi;
mahalliy turistlar uchun teatrlashtirilgan milliy an’ana
 va urf-odatlar bilan boyitilgan tomoshalar tashkil etilishini ta’minlaydi
;
turizm yo‘nalishlarini tizimlashtiradi, shu jumladan turizm namoyishi ob’ektlarining yagona axborot bazasini shakllantiradi;
tematik turistik zonalari va klasterlarni yaratish orqali hamda hududning turistik salohiyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, ma’rifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik (“MICE-turizm”) va boshqalar)ni  rivojlantirish bo‘yicha hududiy turizm dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshiradi;
bepul faoliyat ko‘rsatuvchi, shu jumladan bron qilish, suvenirlar, kitoblar va turizm xaritalari bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Turizm axborot shoxobchalari” faoliyatini tashkil etadi;
yuqori turistik salohiyatga ega bo‘lgan hududlarda xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining maxsus bo‘linmalari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil qiladi;
joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, o‘rta, kichik mehmonxonalar va xostellarni qurishni rag‘batlantirish hamda mavjud mehmonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
turizm sohasiga tutash infratuzilmani (umumiy ovqatlanish ob’ektlari, transport-logistika tuzilmalari, ko‘ngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik namoyish ob’ektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
turizm infratuzilmasi ob’ektlarini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni asosida turizmni rivojlantirish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshiradi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish choralarini ko‘radi;
turizm navigatsiyasining unifikatsiyalashtirilgan yagona tizimini joriy etish va rivojlantirishni tashkillashtiradi;
joylardagi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan ochiq muloqot va shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazadi;
yo‘lovchilar tashishni rivojlantirish, shu jumladan avtomobil yo‘llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari dasturlarida belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
respublika hududlari o‘rtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
transport xizmatlarini sifatli ko‘rsatish uchun hududda transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibini muntazam yangilab borish bo‘yicha takliflar kiritadi;
turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini ta’minlash, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashgan holda ularning xodimlari malakasini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;
turizm sohasida kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi kadrlar
 va bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi
;
ichki va kirish turizmi sohasida bevosita turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi turizm sohasi xodimlari (gidlar, yo‘riqchi-kuzatuvchi, turizm faoliyati sub’ektlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, transport xizmati va boshqa xodimlari) uchun malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
turizm sohasida xalqaro talablarga javob beradigan uzluksiz, ko‘p bosqichli ta’lim tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
turizm sohasida ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan va zamonaviy ta’lim standartlari, o‘quv-uslubiy dasturlari hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratadi va amaliy chora-tadbirlarni bajarish, jismonan sog‘lom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish choralarini ko‘radi;
aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash
 chora-tadbirlarini amalga oshiradi, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda ilg‘or xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun sport komplekslari tashkil etilishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya-sport jamoat hududiy birlashmalari faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini tashkil qiladi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib ifodalashi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
hududdagi madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, madaniyat va istirohat bog‘lari, hayvonot bog‘lari faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ushbu muassasalarga aholi, ayniqsa, yoshlarni tizimli tarzda jalb etish choralarini ko‘radi;
hududdagi moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, ishonchli saqlash va ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish ishlarini tashkil etadi;
jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashda kino san’atining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino san’atini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratadi;
hududda tasviriy, amaliy san’atni va dizayn sohasini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning o‘z iqtidorini namoyon qilishlari uchun munosib sharoitlar yaratadi;
aholining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirish, turli axborot tahdidlarining oldini olish, yoshlarning ongi va tafakkurini “Ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahalliy ijroya hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish, ommaviy axborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
axborot-kutubxona markazlari tarmog‘ini kengaytirish, axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob o‘qish madaniyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mahalliy ijroya hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari to‘g‘risida keng jamoatchilikka o‘z vaqtida, xolisona va to‘liq axborot berilishini tashkil etadi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;
hududning turizm salohiyatini rivojlantirishning o‘ta muhim
va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar hamda “Yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
turizm sohasidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
tuman hokimligining ish rejasiga turizm sohasini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflar kiritadi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, tuman hokimi boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi
Tuman hokimining o‘rinbosari belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
 
Tuman hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
soha bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralar, qo‘mitalarning tuzilmalari, tuman hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
tuman hokimi huzurida va o‘zi raisligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hokimlik apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari
 hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
tuman hokimining o‘rinbosariga biriktirilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari hamda ularning kollegial organlari majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarurat bo‘lganda tuman hokimi huzurida va o‘zi rahbarligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan turizm sohasiga oid masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil etish;
turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
hududda turizmni rivojlantirish masalalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqish va muhokama qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish.
 
Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu nizomning 9 va 10-bandlaridagi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir. Shu jumladan:
yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarga va maqsadlarga erishilishi;
yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilishi;
 “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan tadbirlarning, xususan, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar tadbirkorligining keng rivojlanishi;
iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kamayishi;
doimiy ravishda bevosita ta’lim muassasalariga chiqqan holda pedagog xodimlar ish faoliyati samaradorligini oshirishga, ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik uchun qat’iy nazorat amalga oshirilishi, o‘quvchilar to‘garaklarga to‘liq jalb etilishi hamda ularning yozgi va qishgi ta’tillari mazmunli tashkil etilishi;
aholi salomatligi ko‘rsatkichlarining yildan yilga yaxshilanishi, ayniqsa, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oshishionalar va bolalar o‘limi, baxtsiz hodisalardan o‘lim, yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan barvaqt o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishi, onkologiya kasalliklaridan besh yillik yashash ko‘rsatkichi oshishi, bir yillik o‘lim ko‘rsatkichining kamayishi;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamning belgilangan hajmlarda va sifatda ko‘rsatilishi hamda hududda nodavlat tibbiyot tashkilotlari soni va ular tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmining oshishi;
aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasi davlat talabi darajasida tashkil etilishi, mazkur guruhga kiruvchi shaxslarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash orqali ularning soni yildan-yilga kamayishi;
madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga aholining keng qatlamini jalb etish sonini oshirib borish, shu orqali hududda madaniyat va san’atni yanada rivojlantirish uchun, sport turlari bo‘yicha yosh chempionlar tarbiyalanishiga yetarli shart-sharoitlar yaratilishi;
mavjud madaniy va ma’rifiy ob’ektlardan maqsadli va oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari yaxshilanishi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi hamda ularning axborot xizmatlari samaradorligi oshirilishi;
axborot-kutubxona markazlari tarmog‘i kengaytirilishi va ular tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishi;
aholining muhim muammolarini hal etishda mahalla institutining roli kuchaytirilishi, fuqarolar yig‘inining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan tizimli hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishi uchun mas’uldir.
Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil                         31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi                  12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
 
Tuman hokimining o‘rinbosarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyat hokimligining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida tuman hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tumanlar hokimlari o‘rinbosarlarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Tuman hokimi o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Kotibiyat mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.

 
Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari
 RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi;
  2. O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi;
  3. Tuman xalq ta’limi bo‘limi;
  4. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi;
  5. Tuman axborot-resurs markazi;
  6. Tuman tibbiyot birlashmasi;
  7. Tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
  8. Tuman sport bo‘limi;
  9. Tuman futbol federatsiyasi;
  10. Tuman jismoniy tarbiya va sport jamg‘armasi;
  11. "Maxalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi;
  12. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi;
  13. Tuman kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi;
  14. “Bog‘ot sadosi” gazetasi;
  15. «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi;
  16. MK “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi;
  17. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tuman vakilligi;
  18. Tuman jangchi-faxriylar uyushmasi (baynalminal jangchilar);
  19. Chernobilchilar uyushmasi tuman bo‘limi;
  20. Tuman nogironlar jamiyati;
  21. Boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari;



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?