Tuman hokimi vazifalari
Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, tuman mahalliy byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman Kengashiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan holda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini, viloyat hokimi bilan kelishilgan holda tuman hokimi o‘rinbosarlari va Tashkiliy-nazorat guruhi rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini xalq deputatlari tuman Kengashining tasdig‘iga kiritadi;
hokimlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
berilgan vakolatlar doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, tegishli tashkilotlar (idora, korxona va muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha yuqori turuvchi viloyat idoralariga takliflar kiritadi;
quyi turuvchi tashkilotlarning qarorlari (buyruqlari)ni, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va ularning hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tuzilmasi bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari tuman Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va yuqori turuvchi organga takliflar kiritadi;
respublika va xorijda tumanning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;
fuqarolar qabulini tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini qarab chiqadi, “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi;
zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, uning hujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;
yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Bog‘ot tumani hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radi.

Bosh sahifaga qaytish