E'lon
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qarori qabul qilingan. Shu munosabati bilan mazkur qaror va uning tumanimizdagi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 25-iyul kuniga qadar koʻrik-tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish davom etadi. Shundan kelib chiqqan holda koʻrik-tanlovda ishtirok etishni xohlagan barcha ishtirokchilar, ariza va hujjatlar yigʻma jildini xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga taqdim etishlari mumkin. Koʻrik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi;
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti;
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti;
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro;
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik.
Maʼlumot uchun tel: 99-962-37-34.
Bosh sahifaga qaytish