Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

To'qsonbosti ekinlarni ekib, qo'shimcha daromadga ega bo'ling

  • Qog'ozga chop etish

Bog'ot tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati a’zolarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga
MUROJAATI
Qadrli yurtdoshlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!
Keyingi yillarda yer yuzida ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlar va qurg‘oqchilik kabi holatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtiryapti. Albatta, bu holat bizga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda so‘nggi yillarda Siz, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga Prezidentimiz tomonidan ko‘plab Farmon va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erishildi. Jumladan, agrar tarmoqda ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘ligi va hayotini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Yangi O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ham ushbu sohani keyingi 5-yillikda jadal rivojlantirish istiqbollari belgilab berildi. Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish vazifasi mustahkamlandi. Aslida buning zamirida Siz va bizning fidoyiligimiz orqali mamlakatimizning iqtisodiyotiga hissa qo‘shishdir. Shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerakdir.

Himmati baland dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!
Mamlakatimiz aholisini yil davomida o‘n ikki oy vitaminga boy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur. Xalqimizda “To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan”, degan purma'no naql bor. Bunda qishning to‘qson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning ta’kidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon bo‘lishi sir emas. Dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga, aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi. Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz to‘kin-sochin, narx-navo barqaror bo‘ladi. Keling, bugundan mas’uliyatimizni yana-da oshirib, 2025-yil hosili uchun 3 896 gektar maydonlarda piyoz,sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida ekishni tashkil etaylik.

Mirishkor fermerlar!
Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizda asosiy e’tiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xo‘jalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, biz fermerlarning og‘irini yengil qilishga qaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlarni his qilib, 119 gektar bog‘-tok orasiga hamda bo‘sh turgan maydonlarga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, mamlakatimiz aholisini arzon mahsulotlar bilan ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing hamda mahsulotiningizni eksport qilib, hisob raqamingizda valyuta tushumini qiling!

Aziz dehqonlar!
Prezidentimizning 2021-2023-yillardagi qarorlarida asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishdagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan 1 275 gektar ekin maydonlarini Siz dehqonlarga 10-sotixdan 1 gektargacha qilib bo‘lib berildi. Aynan ushbu maydonlar Sizlarga bejizga ajratib berilmaganliginiisbotlash vaqti keldi. Keling, Sizlar ham o‘zlaringizga yuklatilgan majburiyatlarni yurakdan his qilib, 3 896 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, 2-3-marta hosil olish tizimini yilga qo‘ying, buning hisobiga gektaridan 80-100 mln so‘mgacha daromad oling! “Bir hudud- bir mahsuot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirib, sarflagan urug‘liklar va ko‘chatlar uchun “Yoshlar ishlari agentligidan” subsidiya mablag‘lari oling! Kooperatsiyalar tashkil etib, mahsulotlaringizni eksportga chiqarib, qo‘shimcha daromad olishga erishing!

Hurmatli tomorqa yer egalari!
Yurtimizning barcha hududida mehnatidan baraka topayotgan tajribali tomorqa yer egalari va fidoyi dehqonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tomorqa har bir oilaning bamisoli xazina manbai. Ayni vaqtda tumanimizda 30 388 dan ortiq tomorqa yer egalari 4 929 gektar unumdor ekin maydonida mehnat qilmoqdasizlar. Serhosil yerimiz, daromad olishga tomorqamiz bor ekan, doimo undan unumli foydalanish, xonadonlarimizni obod, yashash sharoitimizni namunali tarzga keltirish payida bo‘laylik. Bu kabi tartib-taomil asosida ulg‘aygan farzandlarimiz ham yaxshi yashashga intilib, o‘z kelajagi uchun astoydil harakat qiladi. Ko‘pni ko‘rgan, tajribali dehqonlarimiz fasllar almashayotgan, ushbu betakror kuz pallasida qanday yumushlarni bajarish zarurligini juda yaxshi bilamiz. Tabiat injiqliklari bilan kurashaverib toblangan dehqonlarimiz ayni kunlarda har bir daqiqani g‘animat bilib, undan unumli foydalanaylik. Tuman bo‘yicha 2 742 gektar tomorqangizga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, qo‘shimcha daromadga ega bo‘ling!

Aziz mirishkor dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring!
birinchidan, ayni damlarda bog‘-tok orasini, ajratib berilgan maydonimizni hamda o‘z hovlimiz, tomorqalarimizni tartibga keltirishimiz juda muhim. Mevali daraxtlarga, ekinlarga turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishni o‘z vaqtida bajaring;
ikkinchidan, kuz oyining qulay ob-havosida qisqa muddatlarda bir qarich ham yerimizni bo‘sh qoldirmaslik uchun qisqa muddatda haydovni yakunlang;
uchinchidan, kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin to‘qsonbosti usulida ekish uchun sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, ko‘kat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlarining urug‘lari sepib ekib bo‘ling;
to‘rtinchidan, “Tomorqa – daromad manbai” shiori ostida har bir mahallarda sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlar ekishni tashkil eting;
beshinchidan, “Bir hudud – bir mahsulot” hamda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyillari asosida sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini eking.
Aziz yurtdoshlar, hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari dalalarimizda va tomorqalarimizda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz hamda to‘qsonbosti mahsulotlari bilan xalqimiz dasturxoni to‘kin, hayoti farovon, bozorlarimizda arzonchilik bo‘lishini ta’minlash har birimizning insoniylik burchimizdir! Barchani bu burchni sof vijdon bilan ado etishga chaqiramiz!

Bog'ot tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi Rayosat a’zolari



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?