Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Axborotdan foydalanuvchilarning Bog‘ot tumani hokimligi ochiq majlislarida ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

  • Qog'ozga chop etish

Axborotdan foydalanuvchilarning Bog‘ot tumani hokimligi ochiq majlislarida ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

Mazkur Nizom “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning Bog‘ot tumani hokimligi ochiq majlislarida hozir bo‘lish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar.

1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (jumladan, tuman hokimligi)ning faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.

2. Mazkur Nizom talablari Bog‘ot tumani hokimligi tomonidan ochiq majlisda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3. Bog‘ot tumani hokimligining majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladiqonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

4. Bog‘ot tumani hokimligi faoliyatiga oid axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarida yoki maxsus ajratilgan joylarida ochiq majlislarni o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy, vaqt hamda zarur axborotlar axborot stendlari yoki shunday maqsad uchun mo‘ljallangan texnik vositalarga majlis o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirilishi shart.

 

2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq majlislarda hozir bo‘lishi.

 

5. Axborotdan foydalanuvchi Bog‘ot tumani hokimligining majlislarida hozir bo‘lishi uchun Bog‘ot tumani hokimligiga so‘rov bilan murojaat qiladi. So‘rov “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozimAxborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rovlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

 

6. So‘rov kelib tushgan kuni Bog‘ot tumani hokimligi tomonidan alohida maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi va zudlik bilan ko‘rib chiqiladiMazkur jurnal majlis kotibi tomonidan yuritiladi.

 

7. So‘rovga asosan majlis kotibi axborotdan foydalanuvchini ochiq majlisda ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kiritadi hamda bu haqda foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Ochiq majlisning o‘tkazilish sanasi, vaqti yoki joyi o‘zgargan taqdirda, bu haqda foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.

 

8. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisga shaxsini tasdiqlovchi xujjati asosida kiritiladi.

 

9. Axborotdan foydalanuvchi ochiq majlisga kelmagan taqdirdamajlis kotibi tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi. 

 

10. Bog‘ot tumani hokimligi mavjud imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq majlis o‘tkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlanadi.

 

 

Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis o‘tkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi. Axborotdan foydalanuvchilar sonining ko‘pligi sababli, ularni ochiq majlis o‘tkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ular majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo‘lgan xonaga joylashtiriladi.

 

11. Bog‘ot tumani hokimligi tomonidan axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari uchun ajratilgan xona jihozlab qo‘yiladi.

 

12. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis boshlangunga qadar belgilangan joyga yetib kelishi, ro‘yxatdan o‘tishi va belgilangan joyga o‘tirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi e’lon qilingandan so‘ng kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va ular majlisga qo‘yilmaydi.

 

13. Axborotdan foydalanuvchi Bog‘ot tumani hokimligi tomonidan tasdiqlangan ochiq majlisning reglamentida belgilangan tartibda majlisda savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

 

14. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan majlis davomida majlis kun tartibiga taalluqli bo‘lmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala bo‘yicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.

 

15. Axborotdan foydalanuvchi majlis o‘tkazilayotgan vaqtda tartibini buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis o‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladiAxborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis o‘tkazilayotgan zaldan chiqarib

yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan majlis kotibi dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

 

16. Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq majlisni fotosuratga, video tasvirga olishga, ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

 

17. Majlis bayonnomasida ochiq majlisda hozir bo‘lgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.

 

3-bob. Yakuniy qoida

 

18. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2015-yil 25-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomga muvofiq ishlab chiqildi.




Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?