Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Bog'ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi

  • Qog'ozga chop etish

Assalomu alaykum, qadrli tibbiyot xodimlariMuhtaram soha faxriylari!

Avvalo, xalqimizning salomatligini asrashdek o‘ta mas’uliyatli va sharafli vazifani sidqidildan bajarib kelayotgan siz, azizlarni kasb bayramingiz - Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning ezgu tilaklarimni izhor etaman! Darhaqiqat, dunyodagi eng bebaho boylik hisoblangan inson sog‘lig‘ini saqlash, bemor ko‘nglida umid va ishonch uyg‘otib, uni sog‘lom hayotga qaytarish uchun shifokor nafaqat chuqur bilim va tajriba sohibi, ayni paytda yuksak aql-zakovat hamda olijanob qalb egasi bo‘lishi darkor. O‘z hayotini ana shunday ulug‘ va savobli ishga bag‘ishlab, odamlarning dardiga darmon bo‘lishni muqaddas burch deb bilgan tibbiyot xodimlarining sha’niga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi, albatta. Gippokratning: “Tibbiyot va donishmandlik o‘zaro hamohang va chambarchas bog‘liqdir”, degan so‘zlarida katta ma’no bor. Haqiqatdan ham, dunyodagi eng bebaho boylik, tengsiz ne’mat hisoblangan inson sog‘lig‘ini saqlash, bemor ko‘nglida umid va ishonch uyg‘otib, uni sog‘lom hayotga qaytarish uchun shifokor nafaqat chuqur bilim va tajriba sohibi, ayni paytda yuksak aql-zakovat hamda oliyjanob qalb egasi bo‘lishi darkor.
 
Qadrli tibbiyot xodimlari!

So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish yuzasidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, qishloq vrachlik punktlari va boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
 
Xususan, joriy yilda tumanimizdagi tumanlararo perinаtаl markazida 2,5 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlari olib borildi, shuningdek, tuman mahalliy byudjet hisobidan tibbiyot sohasiga jami 90,3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi, shundan tibbiy jihozlar uchun 426 mln so'm, dori-darmonlar uchun 5,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 
 
Shuningdek, joriy yilda foydalanishga topshirilgan Nurafshon shaharchasidagi oilaviy shifokorlik punkti hamda “ONA fondi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan “Toʻpchi” mahallasidagi oilaviy shifokorlik punkti misolida tibbiyot muassasalarini ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari doimiy diqqat e’tiborimiz markazida ekanligini anglatadi.
 
Bugungi kunda tuman Tibbiyot birlashmasi tarkibida 357 o‘ringa ega 12 ta bo‘lim, bir smenada 960 qatnov quvvatiga ega ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, bir smenada 710 qatnov quvvatiga ega 8 ta oilaviy poliklinikalar, 250 qatnov quvvatiga ega 4 ta oilaviy shifokorlik punktlari va 11 ta mahalla tibbiyot punktlari aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 
 
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holati, kasalliklarning oldini olish, ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, birlamchi va tez tibbiy yordamni ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida samarali ishlar bevosita sizlarning harakatingiz bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda tumanimizdagi tibbiyot muassasalarida 258 nafar shifokorlar va 1278 nafar hamshiralar  xalqimizga xizmat qilib kelmoqda. So‘nggi yillarda tumanimizda “Tibbiyotda inson qadriuchun” degan ezgu tamoyil asosida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida malakali tibbiy xizmat bevosita mahallalarga, har bir yurtdoshimizning xonadoniga kirib bordi.
 
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanimizda o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolarmizning 76 845 nafari ambulator va 17 305 nafari statsionar sharoitda sog‘lomlashtirilgani salmoqli natijalardan biri bo‘ldi. Oilaviy poliklinikalarda kunduzgi davolash o‘rinlari tashkil etilishi natijasida 5519 kishi shifoxonaga bormasdan, bevosita o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada muolaja olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biz bunday ezgu va xayrli ishlarni kelgusida ham izchil davom ettiramiz. 
 
Bundan tashqari, birgina joriy yilning o‘zida tuman bo‘yicha 4 ta yangi davolash va tashxis qo‘yish usullari amaliyotga joriy etilib, mahalliy sharoitda 204 nafar bemorlarda murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
 
Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, tibbiyot tom ma’noda, davlat va xalq o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib, aholi tizimdagi o‘zgarishlarga qarab davlatning faoliyatiga baho beradi. Shu bois aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, har bir fuqaroning sog‘lig‘ini asrab-avaylash, ularni malakali tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish masalalari bundan buyon ham ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Sog‘liqni saqlash sohasini tezkor va samarali, xalqchil tizimga aylantirish yo‘lidagi islohotlar jarayonida sizlar o‘z zimmangizdagi mas’uliyatni sharaf bilan ado etish uchun bor bilim va mahoratingiz, salohiyat va tajribangiz, azmu shijoatingizni namoyon etishingizga ishonaman.

Jahongir Nazarov, 
Bog'ot tumani hokimi



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?