RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tumani Bog‘zor mahallasi Shafaq ko‘chasi yo‘lini ta’mirlanishi so‘rab tarqalgan xabar Bog‘ot tumani yo‘llardan foydalanish korxona davlat muassasasi tomonidan joyiga borib o‘rganilganida ushbu yo‘l Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ichki xo‘jalik yo‘li ekanligi aniqlandi. Ushbu yo‘llarni ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabr №PQ-330 sonli qaroriga asosan 2024 yildan boshlab xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun byudjet mablag‘lari “Mening yo‘lim” va boshqa dasturlar orqali bajarib berilishini bildiramiz.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish