Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tumani, Oqtepa mahallasi xotin-qizlar faoli o’z mansab vakolatini suiste’mol qilib, noturar bino hisoblangan nonvoy xonani o‘z nomiga rasmiylashtirib, bugungi kunda turar joy binosiga aylantirib foydalanib kelayotganligi aytilgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ushbu turar joy binosi joylashgan yer maydoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Tozabozor mahalla fuqarolar yig’ini binosini davlat xususiy sherikchilik doirasida qurish evaziga “YAKKA GUJUM BUVA” MCHJ va tuman hokimligi bilan 2021-yil mart oyida tuzilgan bitimiga ko‘ra, tuman hokimining 2021-yil 4-iyundagi 1281k-sonli qarorga asosan “YAKKA GUJUM BUVA” MCHJga “Savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari” qurish uchun 700 kvadrat metr yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan va 2022-yil 8-sentabrda 1733204/R-A3059120 raqam bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qaror talablariga asosan “YAKKA GUJUM BUVA” MCHJga qurilish osti maydoni 73,04 kvadrat metr bo‘lgan noturar bino va inshootdan qurilishi (rekonstruktsiya) tugallangan obyektdan foydalanish uchun 2022-yil 13-sentabrda 59602375-sonli ruxsatnoma berilgan va 2022-yil 14-sentabrda 1733204/R-A3082453 raqam bilan davlat ro‘yxatidan o’tkazilgan.
Keyinchalik, “YAKKA GUJUM BUVA” MCHJ va fuqaro B.Jumaniyozov o’rtasida tuzilgan ko‘chmas mulkni sotish to‘g‘risidagi 2022-yil 15-sentyabrdagi 2253-sonli oldi-sotdi shartnomasi, topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan yer maydoni 700 kvadrat metr qurilish osti maydoni 73,04 kvadrat metr bo‘lgan “Savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchasi” binosi fuqaroga mulk huquqi asosida o‘tkazilgan va 2022-yil 19-sentabrda 1733204/R-A3095516 raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarorga asosan fuqaro B.Jumaniyozov o‘ziga tegishli bo‘lgan “Savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchasi” binosining ixtisosini o‘zgartirish va rekonstruktsiya qilish uchun 2023-yil 11-fevralda 1733204-93457-sonli ruxsatnomaga asosan noturar joy toifasidan turar joy toifasiga o‘tkaziladi, keyinchalik turar joy binosining qurilish ishlarini yakunlab rekonstruktsiya tugallangan obyektdan foydalanish uchun 2023-yil 27-fevraldagi 71844856-sonli ruxsatnoma olingan va 2023-yil 2-martda 1733204/R-A3609942 raqam bilan turar joy qilib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Bosh sahifaga qaytish