Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bogʻot shaharchasi, Oʻzbekiston koʻchasi hududida joylashgan “Aqilli” bekat binosi boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Aniqlanishicha, Bogʻot tumani, Gulshan mahallasida yashovchi fuqaro N.Matrizayevaga tuman hokimining 09.07.2020-yildagi 1798q-sonli qaroriga asosan Bogʻot shaharchasi, “Oʻzbekiston” koʻchasi hududida “Aqlli bekat” uchun zamonaviy tipdagi (5x13) butka 1 yil muddatga vaqtincha yengil konsturksiya oʻrnatishga ruxsat berilgan. Oʻrganish davomida, fuqaro N.Matrizayeva ushbu yengil konsturksiyani yangidan qurishi yoki qayta rekonstruksiya qilish uchun tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan yer maydonini belgilangan maqsadlarda foydlanmasdan, telefon usta xonasi sifatida foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida “Yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda, yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda va yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinadi”, deb koʻrsatilgan. Shuningdek, mazkur kodeksning 38-moddasida “Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi”, deb belgilangan.
Shunga koʻra, mutaxassislar tomonidan fuqaro N.Matrizayevaga yozma ravishda ogohlantirish xati berildi. Bundan tashqari, Bogʻot shaharchasi, Oʻzbekiston koʻchasi hududida joylashgan “Aqilli” bekat binosi oldingi holatiga keltirilishi taʼminlandi.
Bosh sahifaga qaytish