Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog’ot tuman tumanlararo perinatal markazida elektr tarmoqlarida uzilish bo’lganligi va bino ta’mirtalab holatda ekanligi yuzasidan tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Aniqlanishicha, 18-may kuni noqulay ob-havo sababli elektr energiyasi tarmog’ida uzilish yuzaga kelgan. Oqibatda Bog’ot tumanlararo perinatal markazida mavjud 100 kVt quvvatiga ega bo’lgan generatorni ishchi holatiga keltirish oralig’ida elektr tarmog’ida vaqtincha uzilish bo’lgan. Ushbu uzilish tuman elektr tarmoqlari mutasaddi xodimlari hamkorligida tezda bartaraf qilinib, Bog’ot tuman perinatal markazi qayta elektr tarmog’iga ulanishi ta’minlangan. Shuningdek, Bog’ot tuman perinatal markazini sifatli va uzliksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida, 100 kVt quvvatiga ega bo’lgan generator o’rnatilgan bo’lib, bugungi kunda foydalanishga yaroqli va soz holatda.
Bundan tashqari, Bog’ot tuman perinatal markazining asosiy binosida joriy yilning 1-mayidan 17-maygacha bo’lgan vaqt oralig’ida Sog’likni Saqlash vazirligining tegishli buyrug’i hamda sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq, akusherlik komplekslarini, dezinfeksiya qilish va kosmetik ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bugungi kunda Bog’ot tuman perinatal markazining asosiy binosi bemorlarni qabul qilishga va tibbiy yordam ko’rsatishga to’liq javob beradi.
Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko’rsatilgan asosiy binoga qo’shimcha (tutash) binoda bugungi kunda qurilish montaj ishlari yakunlanib, pardozlash ishlari amalga oshirilayotganligi sababli ushbu bino foydalanishga topshirilmagan. Mazkur binoda bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatilmaydi. Bundan tashqari, murojaat muallifi tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf qilinishi ta’minlandi.
Bosh sahifaga qaytish