Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Rasmiy munosabat

  • Qog'ozga chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog'ot tumani Bog'zor mahallasida yashovchi fuqaro Abdukarimov Rustam tomonidan bolalar nafaqasi bo'yicha yo'llangan murojaat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 654-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali amalga oshirish belgilangan. Bugungi kunda oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va toʻlash “Yagona reyestr” axborot tizimi orqali inson omilisiz (inson ishtirokisiz) avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Shunga ko'ra, Abdukarimov Rustam tomonidan kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlash uchun taqdim qilingan ariza “Yagona reyestr” axborot tizimida inson omilisiz avtomatik ravishda koʻrib chiqilgan hamda rad etilgan.

Shuningdek, bugungi kunda Bog'ot tumanidagi tabiiy gazdan uzilgan mahallalarda yashovchi fuqarolar uchun reja-grafik asosida "Koʻmir taʼminot” MCHJ Bogʻot tuman filialida hech qanday cheklovlarsiz ko'mir yoqilg'isi sotilayotganini ma'lum qilamiz.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?